Jamiyat | 08:33 / 25.10.2019
47359
2 daqiqa o‘qiladi

FVV Xorazmdagi fojia yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot berdi

Xorazmda er-xotin ikki bolasi bilan is gazidan zaharlanib vafot etgani xabar berilgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot taqdim etdi.

Joriy yilning 22 oktabr kunidan 23 oktabr kuniga o‘tar kechasi Xorazm viloyati Yangiariq tumani, Ostona qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolar K.G‘., uning turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi isitish qozonining dudburoni nosozligi bois is gazidan zaharlanib, vafot etganlar.

Foto: FVV matbuot xizmati

Baxsiz hodisa sabablari o‘rganilganda, xonadondagi isitish qozoni dudburonining (mo‘risi) ichiga yoz paytida qushlar in qurgani, dudburon xas-xashak va qushlarning pati bilan to‘lib qolgani va tortish kuchini yo‘qotganligi sabab bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Tabiiy gazning chala yonishi oqibatida is gazi hosil bo‘lishi hamda uning uy ichiga to‘planishi fuqarolarning o‘limiga olib kelgan.

“Kirib kelgan kuz-qish mavsumida isitish pechlaridan foydalanishdan avval dudburonlarning tozaligi va to‘g‘ri o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling”, - deyiladi FVV xabarida.

Mavzuga oid