Iqtisodiyot | 18:00 / 28.10.2019
30428
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki raisi boshqa lavozimga o‘tkazildi

Xalq banki boshqaruv raisi Murodilla Yoqubovich Eshmatov «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.

U bu lavozimda biroz avvalroq bank faoliyatidagi kamchiliklari hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunmagani uchun ishdan olingan Otabek Panjiyevich Almardanov o‘rnini egalladi.

Murodilla Eshmatov 1969 yili Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1991 yil Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1994 yilda Istanbul universitetini tamomlagan. Moliya va kredit bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Murodilla Eshmatov bank tizimidagi faoliyatini 1995 yilda boshlagan. U 1995 yildan 2016 yilgacha Markaziy bankda turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimigacha ko‘tarilgan, 2016-2019 yillarda esa Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

U 2019 yilning aprelidan buyon Xalq banki boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Mavzuga oid