Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter’da siyosiy reklama taqiqlandi

Foto: Getty Images
Twitter ijtimoiy tarmog‘ida barcha siyosiy reklamani taqiqlashga qaror qilindi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq asoschisi Jyek Dorsi ma'lum qildi.
“Biz butun dunyo bo‘ylab Twitter’da barcha siyosiy reklamani to‘xtatishga qaror qildik”, deb aytgan Dorsi.
Uning ta'kidlashicha, internet-reklama tijorat yo‘nalishida reklama beruvchilar uchun kuchli va samarali vositadir, biroq siyosat uchun xavf soladi, chunki saylovchilarga ta'sir qilish uchun qo‘llanishi mumkin. Bu esa millionlab odamlarning hayotiga ta'sir qiladi. Dorsining aytishicha, siyosiy g‘oyalar obunalar va retvitlarni sotib olishi kerak emas, balki ularga erishmog‘i lozim. “Biz ko‘plab jamoatchilik harakatlari siyosiy reklamasiz ham katta ko‘lamlarga erishganini ko‘rganmiz”, deb qo‘shimcha qilgan ijtimoiy tarmoq asoschisi.
Avvalroq Twitter Kanadada parlament saylovlari yakunlangunga qadar siyosiy reklamani joylashtirishni taqiqlagandi.
Ijtimoiy tarmoqning yangi siyosati 22 noyabrdan qo‘llana boshlanadi.
Mavzuga oid

14:54 / 22.03.2025
Sobiq Twitter logotipi kimoshdi savdosida qariyb 35 ming dollarga sotildi

18:16 / 13.02.2025
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i Trampga 10 mln dollar to‘lab beradi

23:47 / 14.08.2024
X ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy ishdan bo‘shatilgan xodimiga 550 ming yevro kompensatsiya to‘laydi

10:11 / 01.11.2023