Jahon | 22:05 / 01.11.2019
6870
1 daqiqa o‘qiladi

Anqara Fransiya va Isroilni kurdlar davlatini tuzishga urinishda aybladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 oktyabrda Suriya shimoli-sharqida kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi harbiy operatsiya boshlanishini e'lon qilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu Fransiya va Isroil kurdlarning “Xalq mudofaa kuchlari” va Kurdiston ishchilar partiyasi manfaatlari uchun hududiy davlat tashkil etishga urinishda aybladi.

“Onado‘lu” agentligining vazirdan iqtibos keltirishicha, “bu ikki davlatning vakillari bunday rejaga aloqador ekanligini rad etmagan”.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 9 oktyabrda Suriya shimoli-sharqida kurd jangarilari va IShID terrorchilariga qarshi harbiy operatsiya boshlanishini e'lon qilgandi. Turkiyaning harbiy operatsiyasi qator davlatlarda tanqid qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid