Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3,6 kilogramm «marixuana» saqlayotgan xonadon fosh etildi
Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi kurashish bo‘limi Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Tezkor tadbir davomida Buxoro shahrida piyoda harakatlanib ketayotgan fuqaro S.D. tezkor guruh vakillari tomonidan to‘xtatilib xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada uning yonida 3 dona gugurt qutisiga joylangan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro N.A. ham belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.
Natijada, fuqaro N.A.ning cho‘ntaklarida 3 ta paketchalarga va 2 ta gugurt qutilariga solingan marixuana giyohvandlik moddalari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ushbu ikkala shaxsdan jami 36,17 gramm marixuana giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Vobkent tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro I.Q.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada ushbu shaxs o‘z yashash xonadonida, 3 kg. 618 grammdan ortiqni tashkil etuvchi marixuana giyohvandlik vositasini saqlayotganligi va 32 tup kannabisni yetishtirayotgani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025