Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oyoq kiyimga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi
Zargarlik buyumlarini mamlakatga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali mamlakatga kirib kelgan fuqaro B.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Uning kirdikorini zamonaviy qurilmalar qisqa fursatda fosh etdi. Gap shundaki, ushbu shaxs oyoq kiyimining tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
12:26 / 26.05.2025
Birjaga chiqariladigan oltin hajmi oshiriladi
12:18 / 26.05.2025
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat beriladi
21:27 / 23.05.2025