O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtoqlik uchrashuvi translatsiya qilinmaydi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Falastin jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.
Ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik olib borayotgan Vadim Abramov jamoasi 9 noyabr kuni Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
“Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin TV orqali translatsiya qilinmaydi”, deya insayd bilan o‘rtoqlashdi Tribuna.uz manbasi.
“Bu Vadim Abramovning istagi. U Saudiya Arabistoni vakillari jamoamizni o‘rganib olishini istamayapti. O‘rtoqlik o‘yinida uning o‘z o‘ylanmalari bordirki, shunday qarorga kelgan. Marhamat, stadionga boringlar, muxlislar”, deya xabar bermoqda o‘z manbamiz.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston – Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr, shanba kuni o‘tkaziladi. Bahs «Paxtakor» stadionida soat 17:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
22:01 / 17.09.2024
Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi
18:42 / 11.09.2024
Kim qanday o‘ynadi? Milliy jamoaning dastlabki ikki o‘yiniga nazar
20:58 / 10.09.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston safarda Qirg‘izistonni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi
14:25 / 07.09.2024