Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Darig‘a Nazarboyeva bilan muzokaralar o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati raisining taklifiga binoan joriy yil 4-5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston Respublikasida bo‘ladi.
Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, tashrif doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Darig‘a Nazarboyeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarning amaliy jihatlari, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq tatbiq etish ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining axborot-tahliliy ta'minoti, shuningdek mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025