Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam xizmati elektronlashtiriladi. Loyiha qiymati: 155 mln dollar
Huawei kompaniyasi bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 155 mln dollarni tashkil etadi.
AKT vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 2019 yilning 27-29 avgust kunlari XXRda bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida ana shunday kelishuvga erishilgan.
“Elektron sog‘liqni saqlash” yo‘nalishidagi kelishuv Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan. “Bugungi kunda xitoylik hamkorlar bilan loyihada ko‘zda tutilgan mablag‘ni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, - - deydi vazirlik axborot xizmati mas'ul xodimi Sherzod Ahmatov.
Loyiha doirasida respublikaning barcha hududlarida tez tibbiy yordam xizmati Call-markazlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash va mavjud tez tibbiy yordam transporti avtoparkini yangilash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 02.12.2020
AQShda tez yordam xizmati inqiroz yoqasida ekanligi aytildi
21:04 / 10.11.2020
Abdulla Azizov: «Bu yil «103» tez tibbiy yordam raqamiga 10 milliondan oshiq murojaatlar kelib tushdi»
13:12 / 02.11.2020
Urgutdagi «tez yordam»ga tez borib bo‘lmayapti. Tor yo‘lni kim kengaytiradi?
14:14 / 07.09.2020