Jahon | 19:06 / 13.11.2019
16154
1 daqiqa o‘qiladi

Venetsiyaning 80 foiz hududi suv ostida qoldi

Shaharning butun tarixiy markazini suv bosdi, maktablar yopildi, qo‘shni Pellestrina orolida tabiiy ofat natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi.

Veneto viloyati gubernatori Luka Dzaya suv toshqini sababli shaharning 80 foiz qismi suv ostida qolganini aytdi.

Venetsiyada har to‘rt yilda bir marta "suv ko‘tarilishi" davri bo‘ladi. Ammo odatda suv sathi 110 santimetrdan baland ko‘tarilmaydi va shaharning o‘n foizga yaqin qismini suv bosadi.

"Mubolag‘a qilmayapman, ammo shaharning 80 foiz qismi suv ostida qoldi. Dahshatli zarar yetdi", — deyiladi uning bayonotida.

Shaharning butun tarixiy markazini suv bosdi, maktablar yopildi, qo‘shni Pellestrina orolida tabiiy ofat natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi.

Avvalroq shahar hokimiyati Venetsiyada suv sathi 187 santimetrga ko‘tarilgani xabar qilingandi. 1966 yildagi 194 santimetrli ko‘tarilishdan keyin bu eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga oid