Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusabad Business City qurilishida Janubiy Koreya kompaniyalari ishtirok etadi
Toshkent shahar hokimligida Koreyaning IGIS Asset Management, KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) va Wooju Construction Co. LTD. kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va Yunusabad Business City qurilishida ushbu kompaniyalarning ishtirok etishi to‘g‘risida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Kelishuvda uchta kompaniyaning konsorsiumini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
IGIS Asset Management Koreya Respublikasidagi ko‘chmas mulk va aktivlarni boshqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri. Bugungi kunda kompaniya Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevropada muvaffaqiyatli ishlamoqda. Xususan, IGIS Asset Management`ning so‘nggi loyihalaridan biri Frankfurtdagi (Germaniya) osmono‘par binoning qurilishidir.

KIND (Korea Overseas Infrastructure and Urban Development Corporation) Koreya Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlarda qurilish ishlarini yengillashtirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan korporatsiyadir. Ushbu korporatsiya shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
2001 yilda tashkil topgan Wooju Construction Co. LTD. LTD. infratuzilma qurilishiga ixtisoslashgan. Mazkur kompaniya Taxiatosh IESni qayta qurish va Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025