Finlyandiya hukumati aholini qog‘oz maktublarni qabul qilmaslikka chaqirdi
Finlyandiya soliq xizmati va aholini ro‘yxatga olish markazi pochtalonlarning ish tashlashlari ortidan mamlakat aholisini davlat idoralaridan keladigan qog‘oz maktublarni qabul qilmaslikka chaqirdi.
"Finlyandiya soliq xizmati va aholini ro‘yxatga olish markazi finlarni milliy ekologiya aktini qabul qilishga va hukumat tomonidan jo‘natiladigan qog‘oz maktublarni rad etishga chaqiradi", - deyiladi murojaatda.
Finlyandiya aholisiga barcha maktublarni qog‘oz o‘rniga davlat elektron portalidan olish imkoniyati mavjudligi eslatilmoqda.
"Elektron portal orqali xabar olish tabiatimizga yordam beradi. Qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish o‘rmonlar kesilishini qisqartiradi va transportdan foydalanilishiga barham beradi", - dedi Finlyandiya tabiatni asrash assotsiatsiyasining kommunikatsiyalar bo‘yicha menejyeri Matti Niyeminen.
Finlyandiyada soliqlarni to‘lash uchun javobgarlik ish beruvchining emas, balki shaxsan fuqaroning zimmasiga yuklatilgan. Soliq xizmati har yili 15 millionga yaqin qog‘oz maktub jo‘natadi, bu 1,3 million kilogramm qog‘oz degani.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, qog‘oz maktublardan voz kechish iqtisodiyotga yiliga kamida 10 million yevro foyda keltiradi.
Mavzuga oid
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
22:19 / 09.11.2024
Shotlandiyadagi mayoq devoridan 132 yil oldin yozilgan maktub topildi
23:37 / 02.11.2024
Finlyandiyada tarixda birinchi marta dovul kuzatildi
21:36 / 21.09.2024