Jahon | 02:38 / 14.11.2019
31563
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ayol tug‘ruq vaqtida qo‘lga olindi

Foto: Piter.tv

Sankt-Peterburgning 16-sonli tug‘ruqxonasida O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, Husniya ismli ushbu ayol firibgarlik uchun federal qidiruvda bo‘lgan. Bu haqda “Jurnalisskiye rassledovaniya” agentligi xabar berdi. 

Ayol homilador bo‘lgan va to‘lg‘oq tutganda tug‘ruqxonaga tez tibbiy yordam mashinasida keltirilgan. Ayol tuqqunigacha shifokorlar yo‘riqnomaga amal qilgan holda uning migratsiya hisobiga qo‘yilishini ma'lum qilishgan.

Ana shu vaqtda ayol O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgani aniqlangan. Ayol katta miqdordagi firibgarlik sodir etishda gumon qilingan. O‘zbekiston Jinoyat kodeksida bunday jinoyat uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan. Biroq xabarda ta'kidlanishicha, agar ayol zararni to‘liq qoplab bersa, ozodlikka chiqarilishi mumkin.

Ayni vaqtda firibgar ayolning qo‘lga olingani haqida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga xabar qilingan.

Mavzuga oid