Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi milliy geologiya tabiat bog‘i tashkil etiladi
Kitob milliy geologiya tabiat bog‘i tashkil etiladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi “Kitob davlat geologik qo‘riqxonasi”ni “Kitob milliy geologiya bog‘i”ga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Belgilab qo‘yilishicha:
geologiya tabiat bog‘i Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimidagi mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
geologiya tabiat bog‘i Kitob davlat geologik qo‘riqxonasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Kitob milliy geologiya tabiat bog‘i ustavini tasdiqlaydi.
Qashqadaryo viloyati xokimligi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda:
geologiya tabiat bog‘i uchun yer uchastkalarini maqsadli ajratilishini;
geologiya tabiat bog‘iga aylantirilgan, qo‘riqlanadigan, rekreatsiya hamda xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari chegaralarining aniq belgilanishini;
yer-kadastr hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta'minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi geologiya tabiat bog‘i hududiga olib boradigan avtomobil yo‘lini to‘liq ta'mirlash ishlarini o‘zining 2020 yilga mo‘ljallangan ish rejasiga kiritadi hamda ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Davlat geologiya qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Mavzuga oid
11:09 / 07.06.2024
Kitob o‘qib berilgan bolaning aqliy rivojlanishi kitob o‘qilmaydigan oiladagiga solishtirganda 2 baravar yuqori bo‘ladi - tadqiqot
09:47 / 02.04.2024
Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:24 / 19.04.2022
«Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi
07:35 / 08.03.2022