O‘zbekiston | 08:24 / 19.04.2022
4834
2 daqiqa o‘qiladi

«Zarafshon» milliy tabiat bog‘i Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkaziladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i faoliyati va “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va Samarqand viloyat hokimligining Jomboy va Bulung‘ur tumanlari hududida joylashgan, umumiy maydoni 2 426,2 gektar bo‘lgan “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tasarrufidan Ekologiya qo‘mitasi tizimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Respublika komissiyasi:

  • “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ining barcha mol-mulki va boshqa obektlarini, shu jumladan, uning pitomnigidagi hayvonlarni xatlovdan o‘tkazadi;
  • “Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi bilan birga hamda amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda belgilangan tartibda Davlat ekologiya qo‘mitasiga qabul qilinishi-topshirilishini ta’minlaydi.

“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tabiiy obektlar monitoringi yuritiladi va ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etiladi.

Buxoro bug‘ulari uchun yashash joylarini yaxlit saqlash, daryoda suv sathining pasayishi natijasida qirg‘oqlaridagi to‘qayzorlarga bo‘layotgan salbiy ta’sir oldini olish maqsadida milliy tabiat bog‘i hududini kengaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.

Mavzuga oid