Jahon | 20:00 / 17.11.2019
6142
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda elektr uzatish liniyasi ustuni qulashi qurbonlarga olib keldi

Misr poytaxti Qohira yaqinidagi shaharchada elektr uzatish liniyasi ustuni qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi jarohat oldi. Bu haqda Misr sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.   

Ta'kidlanishicha, ustun qurilish bosqichida bo‘lgan. Prokuratura voqea tafsilotlarini tergov qilishni boshlagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid