Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng kam rivojlangan davlatlar ma'lum qilindi
Afrikaning 30 dan ko‘proq hamda Osiyo va Okeaniyaning bir nechta davlati dunyoning eng kam rivojlangan davlatlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqdagi ma'lumot BMTning savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD) hisobotida keltirilgan.
YuNKTAD vakili Shantal Karpentening ta'kidlashicha, hisobotni tuzishda uchta mezon e'tiborga olinadi: aholi jon boshiga daromad (yiliga 1230 dollardan kam bo‘lsa), inson resurslari va iqtisodiyotning zaifligi.
Ro‘yxatga 47 ta davlat kiritilgan. Unga asosan Afrika davlatlari, jumladan, Angola, Benin, Burkina-Faso, Burundi, MAR, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Jibuti, Eritreya, Efiopiya, Gambiya, Madagaskar, Mali, Sudan, Janubiy Sudan, Uganda, Zambiya va boshqa davlatlar kirgan. Shuningdek, ro‘yxatga Okeaniyaning Kiribati, Tuvalu, Vanuatu, Solomon orollari kabi orol davlatlari, Osiyoning Afg‘oniston, Bangladesh, Kamboja, Laos, Myanma, Nepal, Yaman va Butan kabi davlatlari kirgan.
BMT hisobot asosida va Barqaror rivojlanish maqsadlariga amal qilib, ushbu davlatlar rahbariyatlariga vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Hisobot tuzilishi tarixi davomida uni bor-yo‘g‘i 5 ta davlatgina tark etishga muvaffaq bo‘lgan, bular: Botsvana, Kabo-Verde, Ekvatorial Gvineya, Maldiv orollari va Samoa.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025