Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi maktabning yoshlar yetakchisi qalbaki pullar tayyorlagan
Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi ma'lumotlariga ko‘ra, Kasbi tumani Qo‘riq qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, 1995 yilda tug‘ilgan B.A. qalbaki pullarni ishlab chiqarayotgani aniqlangan.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, tumandagi maktabda yoshlar ittifoqi yetakchisi bo‘lib ishlovchi B.A. tumandagi “Mug‘lon” MFY hududidagi o‘zi ijaraga olgan tikuvchilik sexida, turli xil kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 172 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi pullar, rangli printerdan to‘liq chiqarilmagan 84 dona 50.000 so‘mlik kupyuradagi pullar, “EPSON” rusumli rangli printer va “LENOVO” rusumli noutbuk tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

B.A.dan tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan 172 dona 50.000 so‘mlik kupyura “Davlat belgilisi” korxonasida tayyorlanmaganligi va rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan 2019 yil 19 noyabr kuni B.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
23:40 / 14.03.2025