Jahon | 21:59 / 24.11.2019
25405
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surish taklifi bildirildi

Tojikiston prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi institutida prezident Imomali Rahmonning nomzodini tinchlik uchun Nobel mukofotiga ilgari surish rejalashtirilmoqda.  

Foto: Tojikiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati

Ushbu tashabbusni institutning xalqaro munosabatlar fakulteti dekani o‘rinbosari va 3-bosqich talabasi bildirgan.

Tojikistonda Rahmon nomzodini ushbu mukofotga ilgari surish birinchi marta taklif qilinmayapti. 

2000 yilda Tojikiston xalq yozuvchisi Sattor Tursun aynan Rahmon ushbu nufuzli mukofotni olishga loyiqligini aytgandi.

2016 yilda shunday taklifni sobiq suv xo‘jaligi vaziri Hikmatullo Nasriddinov bildirgan.

2018 yilda Tojikiston  o‘zbeklari jamiyati Imomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodlarini Nobel mukofotiga ilgari surish uchun imzolar to‘plash kampaniyasini boshlagandi.  

Mavzuga oid