Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp kuyovini chegarada devor qurilishiga rahbar etib tayinladi
AQSh prezidenti Donald Tramp kuyovi va maslahatchisi Jared Kushnerga Meksika bilan chegaradagi devor qurilishiga rahbarlik qilishni ishonib topshirdi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.
Trampni loyihaga rahbarlikni Kushnerga topshirishga qurilishning "jadal emasligi" majbur qildi, deb yozadi nashr.
Kushner Oq uyda ikki haftada bir marta yig‘ilish o‘tkazib, qurilishning borishi va xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi hamda Trampni bundan xabardor qiladi.
Nashrning yozishicha, Kushner bahorgacha oyiga 48-56 kilometr devor qurib bitkazilishini, 2020 yil oxirigacha uning 724 kilometri bitishi kerakligini talab qilgan.
Noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun chegarada devor qurilishi Trampning saylovoldi va'dalaridan biri bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:06 / 07.05.2025
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
01:05 / 23.08.2020
Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi
09:19 / 28.11.2018
Meksika Trampning kuyovini oliy davlat mukofoti bilan taqdirlaydi
08:04 / 23.10.2018