Light | 00:52 / 28.11.2019
26990
1 daqiqa o‘qiladi

«Shahar markazidagi jonli tabiat» -  Moskva hayvonot bog‘iga fotosayohat

Rossiyaga safarini davom ettirayotgan Kun.uz muxbirlari Moskva shahridagi hayvonot bog‘idan fotoreportaj tayyorlashdi.

Moskva hayvonot bog‘i 1864 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, shahar markazida bir necha gektar maydonni egallagan.

Moskva hayvonot bog‘i ish vaqti yozda soat 10:00dan soat 20:00gacha, qishda esa soat 10:00dan soat 17:00gacha etib belgilangan. Hayvonot bog‘iga borish uchun eng qulay vosita bu – metro. Eng yaqin metro bekati esa Krasnopresnenskayadir.  

Havo sovuq bo‘lishiga qaramasdan jonli tabiatda hayot qizg‘in davom etmoqda.  Hayvonot bog‘i ikki qismga ajratilgan.  Kattalar va bolalar uchun alohida bog‘ qilingan.  

Moskva hayvonot bog‘ida hasharotlardan tortib, turli xil qushlar, yirtqich hayvonlar, sut emizuvchilar va o‘txo‘r hayvonlar joy olgan.

Kun.uz muxbiri Rahmatillo Isroilov

Mavzuga oid