Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada deputatlar yig‘ilishni boshlariga shlem kiygan holda o‘tkazishdi
Yaponiya parlamenti deputatlari navbatdagi yig‘ilish vaqtida maxsus plastik shlemlarda bo‘lishgan. Gap shundaki, ular shu tariqa zilzila holatiga o‘z xatti-harakatlarini, jumladan maxsus shlemlarni tezkorlik bilan olib, uni boshga kiyishni mashq qilishgan. Bu haqda Voice of America nashri xabar berdi.
Shlemni birinchi bo‘lib spiker Tadamori Osima kiygan. Uning ortidan qolgan deputatlar ham boshlariga shlemlarni kiyib olishgan.
Parlament spikeri, shuningdek, hamkasblariga zilzila vaqtida o‘zini tutish qoidalarini eslatib o‘tgan.
“Parlament sessiyasi vaqtida nimadir yuz bersa, iltimos, himoya shlemini boshingizga tezda kiyib, osoyishtalik saqlang”, deb ta'kidlab o‘tgan spiker.
Yaponiya parlamentida tabiiy ofat holatiga maxsus vositalar 2 yil avval joriy qilingan. Ta'kidlanishicha, himoya shlemlari deputatlar kursilari ostida saqlanadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025