Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
Irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregor 2020 yil 18 yanvarda Las-Vegasda UFC musobaqasi doirasida amerikalik Donald Serronega qarshi jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt ma'lum qildi.
«Konor shartnomani imzoladi, Serrone tayyor», deb aytgan Uayt.
Irlandiyalik o‘zining oxirgi jangini 2018 yil oktyabrda Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazib, unga muddatdan oldin mag‘lub bo‘lgandi.
2019 yil martda Makgregor sport faoliyatini yakunlashini e'lon qilgan, biroq ko‘p o‘tmay sportga qaytishga qaror qilgan. 31 yoshli sportchi UFC’ning eng taniqli jangchilaridan sanalib, 25 ta jangdan 21 tasida g‘alaba qozongan, 4 marta mag‘lubiyatga uchragan. U birinchi chempionlik unvonini 2015 yilda qo‘lga kiritgan hamda UFC’ning ikki vazn toifasida chempioni bo‘lgan birinchi jangchisi hisoblanadi.
Serrone esa ancha tajribaliroq bo‘lib, 50 ta jang o‘tkazgan va ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 13 tasida mag‘lubiyatga uchragan, yana bitta jangi bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. “Kovboy” laqabli 36 yoshli Serrone UFC afsonasi hisoblanadi. U sentyabrda o‘tkazgan oxirgi jangida hamyurti Jastin Gejiga texnik nokaut bilan yutqazgan.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
14:14 / 26.10.2019