Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qimmatbaho avtomobil olib qochildi
2019 yil 3 dekabr kuni taxminan soat 13:15larda fuqaro 19 yoshli Sh.T. Toshkent viloyati Toshkent tumanida fuqaro 49 yoshli B.N. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “TOYOTA PRADO” rusumli transport vositasini eshiklari qulflanmagan va o‘t oldirish joyida kaliti qoldirib ketilganligidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Sh.T. tomonidan olib qochilgan “TOYOTA PRADO” rusumli transport vositasi ichki ishlar xodimlari tomonidan texnik soz holatda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon chorrahasida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, avtomashinangizdan tushayotganingizda transport vositasi eshiklarini qulflashingizni va o‘t oldirish joyida kalitini qoldirmasligingizni so‘raymiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025