Ilon Mask yangi zirhlangan elektropikapida ovqatlanishga bordi (video)
Amerikalik ixtirochi va milliarder Ilon Mask Malibudagi (Kaliforniya) restoranlardan biriga o‘zining yangi ixtirosi – zirhlangan pikap Tesla Cybertruck’da tashrif buyurdi. Bu haqda TMZ portali xabar berdi.
Portalda ta'kidlanishicha, Mask Nobu restoraniga do‘stlari – Tesla’ning bosh dizayneri Frans fon Xolsxauzen va qo‘shiqchi Grayms bilan birga borgan. Guvohlar Los-Anjyeles ko‘chalari bo‘ylab ketayotgan avtomobilni tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mask Tesla Cybertruck’ni 22 noyabrda taqdim etgandi. Uning ta'kidlashicha, elektromobil funksionalligi bo‘yicha Ford F-150 pikapi va “piyoda qo‘shinning zirhlangan kelajak mashinasiga” o‘xshaydi. Mashina dizayni “Tig‘ ustida yuguruvchi” (Blade Runner) fantastik filmidagi mashinaga o‘xshash bajarilgan. E'tiborlisi, ushbu film voqealari aynan 2019 yil noyabrida yuz beradi.
Mashinaning taqdimoti vaqtida uning pishiqligini namoyish qilish maqsadida old oynasiga metall sharcha otilganda oyna darz ketganiga qaramay, Tesla yangi mashinadan 150 mingtasiga buyurtma olishga muvaffaq bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:58 / 12.11.2024
Mask, kichik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olishi mumkin?
14:15 / 10.11.2024
Tramp Zelenskiy bilan «iliq va yoqimli» suhbat o‘tkazgan. Unda Mask ham ishtirok etgan
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
20:11 / 07.11.2024