Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XDP vakili: «O‘zbekistonning 25 yillik ta'lim dasturi xato edi»
Boymurod Yusupov/Foto: Xalqaro press-klub
Siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida suratga olinayotgan «Demokratik debat» tok-shousining 10 dekabr kungi sonida Ichki va tashqi migratsiya, xususan, mehnat muhofazasi, huquqiy himoya va migrantlarning pensiya ta'minoti masalalari muhokama qilindi.
Unda Xalq demokratik partiyasi vakili sifatida so‘zga chiqqan Boymurod Yusupov mamlakat yoshlari ichida migrantlar sonining oshib borishini o‘tgan davrda ta'lim tizimi uchun tanlangan milliy dasturning xato bo‘lgani bilan izohladi.
«Ta'lim uchun tanlangan dastur xato edi. Buning uchun davlatning milliardlab puli ketdi. Natijada uch yil kollejda o‘qigan bolani ota-ona majbur bo‘ldiki, 3 oylik kurslarda qayta o‘qitishga.
Davlatning shuncha katta mablag‘i sarflanib, 3 yilda berilmagan bilimni 3 oyda xususiy kurslar berardi.
O‘zingizga savol bering, bugungi kunda O‘zbekistonda qanchadan-qancha ilmiy ishlar yozilib, doktorlik dissertatsiyalari yoqlanadi. Lekin ularning qanchasi sanoat, ishlab chiqarish va hayotga tatbiq qilinayapti? Demak bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'lim bilan bog‘liq. Agar mana shu ilmiy yangiliklar tahlil qilinganda edi, biz intellektual salohiyatli davlatlari qatorida bo‘lardik», deya Boymurod Yusupovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Sherzod Qudratxo‘jayev siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti jarayoniga e'tiborsizligini tanqid qilarkan, O‘zbekiston 25 yil davomida partiyasizlik sharoitida yashaganini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
18:16 / 15.05.2025