Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Agrobank xodimlari chet el tajribasini o‘rganishda davom etishmoqda
Oldin xabar berilganidek, bank tizimida chakana xizmat turlarini rivojlantirish, bankda biznes yuritishni xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida Agrobankning bir guruh rahbar xodimlari Turkiyaning T.S. Ziraat bankasi A.Ş bankida hizmat safarida bo‘lib qaytishgan edi. Bugungi kunga kelib ushbu tajribani davom ettirgan holda, bankning Toshkent va Buxoro viloyatlari boshqarma hamda filiallarining rahbar xodimlari ishtirokida Turkiyaga xizmat safari uyushtirildi.
Safardan asosiy maqsad T.S. Ziraat bankasi A.Ş faoliyati bilan yaqindan tanishish, yaratilgan yangidan-yangi xizmat turlarini o‘rganish hamda ularni kelajakda Agrobank tizimida tadbiq etishdir. Tashrif doirasida Agrobank vakillari T.S. Ziraat bankasi A.Ş filiallarida xam bo‘lib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri tanishish hamda filiallar infratuzilmasini xam o‘rganib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Mavzuga oid
19:21 / 10.06.2024
"Agro Invitro": Jizzaxda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion loyiha ishga tushirildi
15:05 / 29.04.2024
«Agrobank» Oltinsoy filiali boshqaruvchisi xizmat avtomobilida YTHga uchradi
16:39 / 07.12.2023
Agrobank ATB tizimdagi korrupsion holatlarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi
08:57 / 06.10.2023