Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxorodagi litsey yotoqxonasida o‘quvchi kaltaklandi
Joriy yilning 2 dekabr kuni soat 19:00da Buxoro viloyati Kogon shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro F.R. B.Naqshband ko‘chasida joylashgan Buxoro Tibbiyot instituti qoshidagi Akademik litsey yotoqxonasida o‘zaro janjal oqibatida vaqtincha shu yotoqxonada yashovchi, 1-kurs o‘quvchisi 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N.ning qorin qismiga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Ichki ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. F.R. ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025