Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqaro tanishini 313 million so‘mga «uxlatdi»
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.A. firibgarlik jinoyatini sodir etdi. Bu haqda Postda.uz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaro joriy yilning mart oyida tanishi D.R.ga ikki kun ichida arzon narxda tunuka qurilish mahsulotini olib kelib berishni va'da berib, undan 313 million 100 ming so‘m pulni oladi. Ammo oradan oylar o‘tsa-da, va'dasining ustidan chiqmaydi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilyapti, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025