Jamiyat | 10:39 / 19.12.2019
11687
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi YTHga uchrab, hodisa joyida vafot etdi

Foto: Tergov departamenti

2019 yil 12 dekabr kuni taxminan soat 19:45larda 28 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida “M-39” “Almata-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li bo‘ylab “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotganida, yo‘lning Jomboy tuman “Qoramo‘yin” mahallasi hududidagi 1061-km.da piyodalar o‘tish joyidan chapdan o‘ng tomonga kesib o‘tayotgan velosipedchi 50 yoshli H.B.ni urib yuborib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada velosipedchi H.B. tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid