Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir necha kun mobaynida yuk mashinalari harakati cheklanadi
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahri ko‘chalarida 31 dekabrdan 2 yanvarga qadar yuk mashinalari harakati cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining bir qator hududlarida bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bayram kunlari shahrimiz aholisi va mehmonlarining ko‘ngilli hordiq chiqarishlarini va xavfsizliklarini ta'minlash hamda yo‘llarda tirbandliklarning oldini olish maqsadida 2019 yil 31 dekabr, 2020 yil 1-2 yanvar dam olish kunlari poytaxtimizning markaziy va ichki ko‘chalarida yuk avtomobillarining (oziq-ovqat mahsulotlari tashuvchi yuk avtomobillaridan tashqari) harakatlanishini cheklash yuzasidan hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganligini ma'lum qilamiz», deyiladi poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025