Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘ra Bobolov elektr bormagan olis tog‘ qishlog‘i ahli bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Sariosiyo tumani markazidan 110 km uzoqlikda joylashgan Kundaijuvoz qishlog‘i ahli bilan uchrashdi.
Qishloqda 43ta xo‘jalik, 200 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.


Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bobolov viloyat va tuman sektorlari rahbarlari bilan birgalikda qishloq aholisi bilan suhbatlashib, tog‘liklarning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishgan.
«Qishloq odamlari turli masalalardagi ehtiyojlari xususida viloyat hokimiga so‘zlab berdilar. Tashrif davomida kam ta'minlangan va nogironligi bor oilalar holidan xabar olindi, ularning farzandlariga qishki kiyim-kechaklar sovg‘a qilindi», – deyiladi xabarda.


Hozirda Kundaijuvoz qishlog‘i aholisini elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hududda zamonaviy quyosh fotoelektr stansiyasi (quyosh batareyasi)ni o‘rnatish, viloyat shifokorlari tomonidan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish va boshqa shart-sharoitlarni yaratish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid
11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
19:21 / 13.12.2024
Sariosiyoda aholi punktiga tog‘dan bo‘rilar galasi tushib keldi
18:29 / 03.09.2024
“Ko‘z o‘ngimda do‘stimga o‘q tegib, joni uzildi”: Sariosiyo janglarida qatnashgan harbiy hikoyasi
17:10 / 30.04.2024