Jahon | 09:12 / 09.01.2020
8112
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada Erondagi aviahalokat qurbonlari xotirasiga motam e'lon qilindi   

Foto: AP Photo/Ebrahim Noroozi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 9 yanvarni Ukraina yo‘lovchi samolyotining Eronda halokatga uchrashi bilan bog‘liq holda motam kuni deb e'lon qildi. 

“Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti 8 yanvarda Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilgach, halokatga uchradi. Aviahalokatda samolyot bortidagi barcha odamlar - 167 yo‘lovchi va ekipajning 9 a'zosi halok bo‘lgan.

“Prezident halok bo‘lganlar xotirasini yod etish maqsadida davlat hokimiyati, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida Ukraina davlat bayrog‘i tushirilishi haqida qaror qabul qildi”, deyilgan xabarda. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, aviahalokatda Eronning 82 fuqarosi. Kanadaning 63 fuqarosi, 11 nafar ukrainalik, 10 nafar shvetsiyalik, 4 nafar afg‘onistonlik, Germaniya va Britaniyadan 3 kishidan halok bo‘lgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid