Jahon | 18:26 / 15.01.2020
7806
1 daqiqa o‘qiladi

Sitsiliyada mafiya ishi bo‘yicha 90dan ortiq kishi hibsga olindi

Foto: AFP

Italiya politsiyasi Sitsiliyada YeIning fermerlarga ajratgan yirik miqdordagi pul mablag‘lari mafiya tomonidan o‘zlashtirilishi ishi bo‘yicha 90dan ortiq kishini hibsga oldi.

Italiya prokuraturasining ma'lum qilishicha, Messina shahrida o‘tkazilgan reydlar davomida 94 kishi hibsga olingan. Ular orasida ikkita mafiya sulolasi rahbarlari, notarius, tadbirkorlar va fermerlar pul mablag‘larini olishi uchun mas'ul davlat xizmatchilari bor.

Politsiyaning bildirishicha, mafiya a'zolari yuzlab firibgarlik operatsiyalari o‘tkazgan va YeI fondlaridan 10 mln yevroga yaqin pulni o‘g‘irlagan.

Politsiya xodimlarining qayd etishicha, mahalliy aholi mafiya faoliyatiga "rozi bo‘lish"dan boshqa chora topolmagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid