O‘zbekiston | 11:28 / 17.01.2020
8083
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda havo ifloslanishi darajasi ma'lum bo‘ldi

Foto: LiveJournal

15 yanvar va 16 yanvar tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida bir oz zararli moddalarning saqlanib turishiga imkoniyat yaratdi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Statsionar postlarning kuzatuv ma'lumotlariga ko‘ra, qator tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me'yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.

Azot dioksidi bo‘yicha:
Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Sergeli tumanlarida REM b.m.dan yuqori 5 holat kuzatildi.

Boshqa tumanlarda olingan ma'lumotlar bo‘yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me'yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

18-20 yanvar va 21 yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida bir oz zararli moddalar yig‘ilishiga imkoniyat yaratadi.

Mavzuga oid