O‘zbekiston | 08:43 / 17.01.2020
4845
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya zarur bo‘ladi

Prezident «Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
 
Norma’ning yozishicha, qonunga muvofiq 10dan ortiq qonun hujjatlariga ham qo‘shimchalar kiritildi.
 
Xususan, «Garov to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan birlamchi bozordan ko‘chmas mulk va transport vositalarini olish chog‘idagi ipoteka va garov to‘g‘risidagi shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanmaydi.
 
«Notariat to‘g‘risida»gi qonun xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius, notarial palata to‘g‘risidagi normalar bilan to‘ldirildi.
 
Endi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius:

yuridik shaxs tashkil etmagan holda o‘z idorasiga ega bo‘lishga;

bank hisobvarag‘i va boshqa shaxsiy hisobvaraqlar ochishga;

mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishga hamda majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga;

xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga;

sudda o‘z nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
 
Notarial palata xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi barcha notariuslarning a'zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir.
 
Bundan tashqari, xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish uchun litsenziya zarur. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid