Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Impichment savdoyilari». Trampning advokatlari demokratlarni aybladi
AQSh prezidenti Donald Trampning manfaatlarini himoya qiluvchi advokatlar jamoasi uning impichment bo‘yicha Senatdagi eshituvga chaqirilishiga rasmiy javob qaytarishdi. Hujjatda aytilishicha, prezident o‘ziga qarshi qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etadi, eshituvni esa u g‘alaba qozongan saylov natijalarini noqonuniy ravishda bekor qilishga urinish deb hisoblaydi.
Xususan, advokatlar Tramp saylanganidan buyon demokratlar «impichmentga mukkasidan ketishgani» va yakunda nazariy jihatdan Trampning hokimiyatdan chetlatilishiga olib keluvchi jarayonni boshlashganini ta'kidlashgan.
Hujjatda impichmentning ikki moddasi ham konstitutsiyaga ters kelishi qayd etilgan - xususan, advokatlarning tasdiqlashicha, ikki modda ham prezident qonun buzganini tasdiqlovchi ayblov tarkibiga ega emas.
«Bu 2016 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga va 2020 yilgi saylovga ta'sir qilishga qaratilgan surbetlik va qonun buzilishi harakatidir», - deya yozgan huquqshunoslar. Ular impichment jarayonini «Amerika xalqining o‘z prezidentini erkin saylash huquqiga hujum» deb atashgan.
Advokatlar Tramp o‘ziga qarshi barcha ayblovlarni qat'iyan rad etishi hamda barcha qonuniy vositalar bilan o‘zini himoya qilishini qayd etishgan. Yuristlar prezident impichmenti bo‘yicha taqdimnomani rad etishni so‘rashmoqda.
Avvalroq demokratlar tomonidan nazorat qilinadigan AQSh Kongressi Vakillar palatasi Senatga impichment bo‘yicha pozitsiyasi ifodalangan hujjatni taqdim etgandi. Hujjat mualliflari prezidentning ayblari dalillar bilan tasdiqlanishini ma'lum qilishgan.
Ularning fikricha, Trampa zudlik bilan lavozimidan chetlatilishi kerak va bu 2020 yilgi prezidentlik saylovlari saylovoldi kampaniyasi shaffof o‘tishi kafolati bo‘ladi.
Vakillar palatasi Senatga impichment ishini 15 yanvar kuni jo‘natdi. Bu natijasi Donald Tramp o‘z lavozimida qolish-qolmasligini hal qiladigan jarayonga start berilishi bo‘ldi. Senatda eshituv yangi hafta boshida boshlanishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, Kongress quyi palatasida ayblovlar tasdiqlanishi davlat rahbari hokimiyatdan ketishini anglatmaydi - qaror yuqori palatada (Senat) qabul qilinishi kerak.
AQSh prezidenti lavozimidan chetlatilishi uchun Senat a'zolarining uchdan ikki qismi unga qarshi ovoz berishi talab etiladi. Ammo hozirda senatorlarning ko‘pchilik qismi respublikachilar hisoblanadi va impichmentning ashaddiy tarafdorlari ham Senat prezidentni oqlab qaror chiqarishiga shubha qilishmayapti.
Respublikachilar yetakchilari ham bir necha marta prezidentni qo‘llab-quvvatlashlarini ma'lum qilishgandi.
Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining aytishicha, demokratlar impichment e'lon qilinganidan keyingi o‘tgan bir oy davomidagi tanaffus vaqtida prezidentga qarshi yangi hujjatlar, u qonunlarni buzganiga yangi guvohliklarni to‘plashgan.
AQSh prezidenti o‘z mansabini suiiste'mol qilish va Kongress ishiga xalaqit berishda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi
10:37 / 28.04.2025
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi
15:15 / 06.04.2025