O‘zbekiston | 09:08 / 23.01.2020
87684
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati ijro etuvchi tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi (batafsil)

Foto: KUN.UZ

Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri lavozimi;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati;

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari kotibiyati tugatildi.

Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

a) quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari; 

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi;

O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritildi;

b) quyidagilar:

Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati;

Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati;

Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati;

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziriga o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi

Belgilanishicha:

qo‘shimcha 6 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida shtat birligini 2 nafarga, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2 nafarga va Adliya vazirligi tizimida 2 nafarga qisqartirish hisobidan;

qo‘shimcha 7 nafar boshqaruv xodimlari shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Mavzuga oid