Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni boshladi
Xitoy kasalliklar profilaktikasi va ularni boshqarish markazida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.
Manbada aytilishicha, bu borada ishlagan olimlar virusning xavflilik darajasini aniqlab unga qarshi vaksina ishlab chiqarishni uddalagan.
«Biz pnevmoniya chaqiruvchi yangi tipdagi koronavirusga qarshi vositalar ishlab chiqarishni ham boshlaymiz»,— deydi markaz rahbari Syuy Venbo.
Oldinroq Xitoyda koronavirus kutilganidan tezroq tarqalgani va bir kun ichida u bilan og‘riganlar soni uch baravarga ko‘paygani aytilgandi. Hozirgacha koronavirusdan 56 kishi halok bo‘lgan, 2 mingga yaqin kishi zararlangan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021