Isroil bosh vaziri o‘zini daxlsizlikdan mahrum qildi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zini parlament daxlsizligidan mahrum qildi. Shundan keyin unga uchta jinoiy ish bo‘yicha rasman ayblov e'lon qilindi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Netanyaxu poraxo‘rlik, tovlamachilik va ishonchni suiiste'mol qilishda ayblanmoqda. Isroil bosh prokurori Avixay Mandelblit bosh vazir ishlari bo‘yicha ayblov xulosasini Al-Quds okrug sudiga topshirgan.
Shu tariqa, siyosatchi Isroil tarixida sud oldida javob beradigan ilk amaldagi bosh vazir bo‘ladi. Ta'kidlanishicha, Netanyaxu ishlari bo‘yicha birinchi sud majlisi sanasi hali belgilanmagan, biroq sud jarayoni bir necha yillarga cho‘zilib ketishi mumkin.
Netanyaxu o‘z izohida uning daxlsizligi muhokamasini u boshqa ishtirok etishni istamaydigan “sirk” va “jirkanch o‘yin” deb atagan.
Isroil bosh vaziri nufuzli tadbirkorlardan umumiy hisobda 264 ming dollarlik sovg‘a olishda hamda o‘z faoliyatining OAVda ijobiy tomondan yoritilishi evaziga tadbirkorlarning biznesiga ko‘mak ko‘rsatishda ayblanmoqda. Unga bu ish bo‘yicha 13 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Netanyaxu korrupsiyadagi ayblovlarni “to‘ntaruvga urinish” deb atagan va tergovchilarning ustidan tergov o‘tkazish kerakligini talab qilgan.
Mavzuga oid
18:44 / 04.01.2024
Lukashenko prezidentlikdan ketsa, o‘zini va oilasini sud qilishni taqiqladi
12:14 / 04.08.2023
Sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishga urinish holatlari kuzatilgani ma’lum qilindi
07:56 / 10.12.2020
Rossiya dumasi sobiq prezidentlarning daxlsizligi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi
20:58 / 16.09.2020