Sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishga urinish holatlari kuzatilgani ma’lum qilindi
2023 yilda uchta shunday holat aniqlangan bo‘lib, ulardan biri bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2 ta holat o‘rganilmoqda.
2023 yilning o‘tgan olti oyida sudyalar faoliyatiga aralashish, ularning daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishga urinish holatlari bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga 3 ta taqdimnoma kiritilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuraturaga kiritilgan taqdimnomalar asosida 1 ta holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 2 ta holat esa o‘rganilmoqda.
“Tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish va sudyalar daxlsizligini ta’minlash ham Sudyalar oliy kengashining asosiy vazifalari sirasiga kiradi. Kengash sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan sudyaning mustaqilligi va daxlsizligi, sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik asoslari, shuningdek, sudlarda davlat bojini belgilash va undirish masalalariga oid huquqiy qo‘llanmalar tayyorlanib, ularning elektron shakllari Kengash veb-saytiga joylantirildi”, deydi Tursunali Akbarov.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda odil sudlovga aralashish bilan bog‘liq 4 ta holat bo‘yicha xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokurorga kiritilgan taqdimnomalar asosida aybdor shaxslarga nisbatan 2 ta jinoyat ishi va 2 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
17:48
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024