Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukraina beshta davlatga bo‘linib ketishi mumkinligini aytdi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina bir nechta kichik davlatlarga bo‘linib ketishi mumkinligini aytdi.
Foto: RIA Novosti / Stringer
U Kiyev siyosiy tizimni to‘g‘rilashi zarurligini, aks holda davlat yaxlitligiga putur yetishi mumkinligini ta'kidladi.
"Nafaqat o‘g‘rilar, balki ayirmachilik bo‘ladi, Ukraina haqiqatan ham parchalanib ketadi", - dedi Saakashvili "112" telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning turli qismlaridagi mahalliy oligarxlarning "pullari ko‘paygan va xususiy armiyalari kattalashgan".
"Bu odamlar shunchaki hech qayerga ketmaydi, ular Ukraina yana beshta "ukraina"ga aylanishi uchun zamin tayyorlamoqda", - dedi u.
Mixail Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan. 2015 yilda Ukraina fuqaroligini olgan va Odessa oblasti gubernatori bo‘lgan. Ammo 2016 yil noyabrda Pyotr Poroshenko uni lavozimidan bo‘shatib yuborgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025