Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokorlar yagona ma'lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tishga majbur bo‘ladi
O‘zbekistonda shifokorlar va provizorlar (yuqori malakali farmatsevt, apteka xodimi - tah.) ro‘yxatga olinadigan Uzhealth CRM shifokorlar va farmatsevtlarning yagona elektron ma'lumotlar bazasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Hukumatning tegishli qarori loyihasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Hujjatda 2021 yil 1 yanvardan boshlab Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatada ro‘yxatdan o‘tmagan shifokorlar va farmatsevtlarning faoliyati taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Bu shifokorlar va farmatsevtlarni davlat ro‘yxatiga olishning normativ-huquqiy va tashkiliy asoslarini shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasining kadrlar salohiyati to‘g‘risida ishonchli tibbiy va statistik ma'lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Shifokorlar va provizorlarni ro‘yxatga olish, ro‘yxatdan o‘tgan shifokorlar va provizorlarning yagona elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish hamda yuritish, ro‘yxatga olishni to‘xtatib turish va tugatish Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga yuklatilgan.
Uzhealth CRM tizimini ishlab chiqishni tender savdolarisiz Online Service Group (OSG) MChJga topshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:49 / 23.05.2025
Ayrim shifokorlarga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi
10:46 / 22.05.2025
Ayrim shifokorlarning oylik lavozim maoshlari 20 foizga oshiriladi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
15:23 / 07.05.2025