Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi
Yaponiyada yashovchi 112 yoshli qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi. Shu munosabat bilan u Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Bu haqda Kyodo News nashri xabar berdi.
Titetsu Vatanabe ismli ushbu qariyaga rekordlar kitobining tegishli guvohnomasi u yashaydigan Niigata shahridagi qariyalar uyida topshirilgan.
Qariyalar uyi xodimlarining ta'kidlashicha, qariyaning sog‘lig‘i yaxshi holatda.
Rekordchi 1907 yil 5 mart kuni dunyoga kelgan. U 20 yoshida Tayvanga ko‘chib o‘tgan va u yerda 18 yil yashagan. Qariya Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyaga qaytgan va pensiyaga chiqquncha davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan.
Erkakning 5 farzandi, 12 nabirasi, 16 abirasi hamda bir nafar chevarasi bor.
Bungacha sayyoradagi eng keksa erkak nomi yana bir yaponiyalik - Masadzo Nonakaga tegishli edi. U 2019 yil 20 yanvarda 113 yoshida vafot etgan.
Yanvar boshida sayyoramizning rasman eng keksa vakili deb topilgan yaponiyalik Kane Tanaka ismli ayol 117 yoshini qarshilagani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025