Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda haydovchi Nexia’da piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qochib ketdi
Ro‘y bergan hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan
2020 yil 10 fevral kuni soat taxminan 21:00da Chortoq-Kalishox-Hazratshoh 4R-119 avtomobil yo‘lining Chortoq tumani Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan 20-km.da noma'lum avtomashina haydovchisi yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan piyoda 62 yoshli O.Q.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, oqibatda O.Q. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi 27 yoshli M.A. o‘zining boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024