Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DBQ tomonidan bojxona qiymatidagi «o‘yinlar» fosh etilmoqda
Import qilingan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, hisoblanadigan bojxona to‘lovlari miqdori aynan ana shu qiymatga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston Bojxona kodeksida tovarning bojxona qiymatini aniqlashning xalqaro umume'tirof etilgan usullarini qo‘llash tartiblari va shartlari belgilab qo‘yilgan.
Biroq, ayrim uddaburon shaxslar tomonidan belgilangan tartibni buzib, Davlat budjetiga bojxona to‘lovlarini kamroq to‘lash ilinjida tovarlarni bojxona qiymatini aniqlashda turli xil “o‘yinlarga” qo‘l urmoqdalar.
Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining qarori bilan tuzilgan bojxona mutaxassislaridan iborat tahlil guruhi tomonidan “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga bojxona qiymati past holda rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalari aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Gap shundaki, 2019 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga “Oscar Konstation”, “Mono Tex Expo”, “Kontinent Optimal Trade”, “Astoria Expo Trade”, “Sunpremise”, “Vineta Luxse Trade”, “Alfameo Optimal Trade”, “Ros Standart Invest” va “Cosmos Industry” MChJlar nomiga olib kelingan hamda “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan printerlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda ataylab past narxlangan xulosalarga tayanib, qiymatlarni chegirib tashlash usulida bojxona to‘lovlari hisoblangan. Natijada jami 3,5 mlrd. so‘m qo‘shimcha undirilishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organlariga yuborildi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025