Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston milliy jamoasi BAAga yo‘l oldi, ikki futbolchi yig‘inga bormadi
O‘zbekiston milliy jamoasi 18-24 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazadi. Bugun, 18 fevral kuni bosh jamoamiz BAAga yo‘l oldi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
«Vadim Abramov mazkur yig‘inga 21 nafar futbolchi chaqirgan edi. Lekin Abduvohid Ne'matov hamda Sardor Qulmatov sog‘ligi bilan biroz muammosi bor ekani sabab ushbu yig‘inda ishtirok etmaydigan bo‘ldi» - deyiladi manbada.
Yig‘in doirasida Belarus milliy jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushiladi. Uchrashuv 23 fevral kuni Sharjadagi «Al-Hamriya» stadionida soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.
Yig‘inda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Abdumavlon Abdujalilov.
Himoyachilar: Yegor Krimets, Umarbek Eshmurodov, Islomjon Qobilov, Husniddin Aliqulov, Murod Xolmuhammedov, Oleg Zoteyev, Akbarjon Ismatullayev.
Yarimhimoyachilar: Sharof Muxitdinov, Sanjar Qodirqulov, Jasurbek Jaloliddinov, Oybek Bozorov, Azizbek Turg‘unboyev, Abrorbek Ismoilov.
Hujumchilar: Igor Sergeyev, Bobir Abdixoliqov, Humoyun Murtazoyev, Shoxruz Norxonov.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025