Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Idlibda yuz berayotgan voqealarni urushga qiyosladi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytdi.
“Biz u yerda o‘z harakatlarimizni boshladik”, deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining ma'lum qilishicha, 21 fevral kechki payt uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati belgilangan.
“Ushbu suhbat keyingi harakatlarimizni belgilab beradi. Suriyada tuzum [Suriya prezidenti Bashar Asad tuzumi] tomonidan zo‘ravonlik tugamaguncha, u yerdagi pozitsiyalarimizdan ketmaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidentining ta'kidlashicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel Putinga 5 mart kuni Istanbulda Suriya bo‘yicha to‘rt tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgan.
20 fevralda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi jangarilar Turkiya qurolli kuchlari artilleriyasi ko‘magida Suriya armiyasining Kminas va Nayrab aholi punktlaridagi mudofaasini yorib o‘tgan.
Bunga javoban Rossiyaning Su-24 samolyotlari jangarilarga zarba bergan. Bu Suriya armiyasiga barcha hujumlarni qaytarishga imkon bergan. Rossiya tomoni Anqarani terrorchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan.
Turkiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
19:09 / 06.05.2025
«Tanamda 20 tacha oskolka bor» – Rossiyada majburan urushga yuborilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
09:10 / 19.04.2025
Tramp Ukraina urushida vositachilikni to‘xtatish bilan tahdid qildi
13:55 / 14.04.2025