Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirus tarqalishi xavfi bois sakkizta maktab yopildi
Maktablarning yopilishi yoki o‘quvchilarning vaqtinchalik ta'tilga chiqarilishiga bolalar yoki o‘qituvchilarning Italiyada bo‘lib qaytgani sabab bo‘lgan.
Britaniyada koronavirus tarqalishidan xavfsirab sakkizta maktab yopildi, yana 18ta maktabda o‘quvchilarning bir qismiga uylariga javob berildi.
Avvalroq Cheshirdagi maktablardan biri bu yerda o‘qiydigan bir necha o‘quvchi ta'tilni Italiyadagi tog‘-chang‘i kurortida o‘tkazib qaytganidan so‘ng yopilgani xabar qilingandi. Yopib qo‘yilgan barcha maktablar "chuqur tozalov"dan o‘tkaziladi. O‘quvchilar yoki o‘qituvchilarning kasallikka chalingani to‘g‘risida xabar berilmagan.
Maktablarning yopilishi yoki o‘quvchilarning vaqtinchalik ta'tilga chiqarilishiga bolalar yoki o‘qituvchilarning Italiyada bo‘lib qaytgani sabab bo‘lgan. Kornuoll, Cheshir, Yorkshir, Berkshir, Pembrokshir, Liverpul, London, Birmingem va Shimoliy Irlandiyadagi 18ta maktabda sinflarga vaqtinchalik ta'til berilgan.
Koronavirusdan zararlanish holatlarining asosiy qismi Xitoyda, bu yerda so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 78 mingdan ortiq kishida virus aniqlangan, 2715 kishi vafot etgan.
Italiya - Xitoydan tashqaridagi uchta epidemiya o‘chog‘idan biri bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025