Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzodni ma'qulladi
Deputatlar Aliya Yunusova nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining o‘rinbosari - bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga ma'qulladi
2020 yil 26 fevral kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari, muhim masalalar muhokama etildi.
Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
Konstitutsiyaning 78-moddasining 16-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi 2-bandi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi, 1-bandiga muvofiq, vakil o‘rinbosari – bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Aliya Yunusovaning nomzodi ilgari surilgan.
Aliya Yunusova 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ish faoliyatini 1983-1989 yillarda Toshkent davlat tibbiyot institutida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1989-1999 yillarda Fanlar akademiyasining Mo‘minov nomli Falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, 1991-1993 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada I darajali mutaxassis, bosh mutaxassis, 1999-2005 yillarda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazda bo‘lim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2005-2020 yillarda — uch chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.
Majlisda deputatlar Aliya Yunusova nomzodini Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning o‘rinbosari — bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga ma'qulladilar.
Mavzuga oid
19:27 / 03.04.2023
Atigi uch xodim ishlaydigan tashkilot. Xorazmdagi voqealar Bolalar ombudsmani e’tiboridan qanday chetda qolgani haqida
20:04 / 15.03.2023
Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish javobgarlikka sabab bo‘ladi
12:13 / 04.02.2023
Bolalarga jinsiy zo‘ravonlik qilganlar afv etilmasligi, muddatidan avval shartli ozodlikka chiqarilmasligi kerak – Bolalar ombudsmani
12:43 / 03.12.2022